Agronom

Kasb ta‘rifiAgronom — yer va o’simlik navlari bo’yicha qishloq-xo’jalik mutaxassisi. Agronom mutaxassisligi faoliyatining maqsadi o’z ichiga yer ressurslaridan to’g’ri foydalanishga doir rejani tuzib chiqish hamda atrof-muhit va yuqori hosildorlikka salbiy ta’sir ko’rsatuvchi oqibatlarga maksimal darajada bardosh bera oluvchi qishloq-xo’jalik madaniyatini barpo qilishni oladi.
Kasb tarixiUshbu kasb juda qadimiy kasblardan biridir. Bir necha ming yillari ilgari Qadimiy Misr, Xitoy, Gretsiya, Rim va Hindistonda yashaganlar yerga to‘g‘ri ishlov berish va unumdorligini oshirish, shuningdek, turli qishloq-xo‘jalik o‘simliklarini to‘g‘ri o‘stirishni bilishgan. Birinchi agronomlar yovvoyi o‘simliklarni o‘stirish bilan shug‘ullanishgan. Vaqt o‘tishi bilan qishloq-xo‘jalik xususiyatlariga qator o‘zgarishlar kiritildi, biroq xozirgi kunga kelib qishloq-xo‘jalik ekinlarini o‘stirish fanning muhim bo‘lagiga aylangan.
Faoliyat turlari* iqlim sharoitida yer tahlili;
* qator omillarni hisobga olgan holda qishloq-xo’jalik ishlarining rejalari;
* o’git va zamburug’lar tarkibi hamda darmonlarini takomillashtirish;
* ildizmevali, bezak hamda meva beruvchi navlarini yetishtirish
Ish joylari* ilmiy-tekshirish instituti;
* qishliq-xo’jalik va fermerlik majmualari;
* qishloq-xo’jalik o’gitlari, multivitaminli tovarlar, zamburug’larga qarshi darmonlar hamda urug’ yetishtirib chiqarishga ixtisoslashtirilgan korxonalar
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar* tuproq xususiyatlari va turlarini farqlash;
* ekin turlarining rivoji va xususiyatlarini bilish;
* tabiiy ilm jabhalridan: kimyo, fizika, biologiya (botanika) fanlaridan xabardor bo’lish;
* qishloq-xo’jalik texnikasi ishlarining nuqtai-nazari va turlarini bilish;
* laboratoriya faoliyatining negizini bilmoq
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri3620201

Oliy ta‘lim muassasalari

Kollejlar

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit