Akademik vokal artisti

Kasb ta‘rifiVokalist (lotinchadan vox «tovush» vocalis «jaranglovchi») - kuy bilan bog‘liq musiqiy kasb bo‘lib, vokal-cholg‘u ansamblida biror partiya yoki turli vokal partiyalarni kuylaydi. Vokalist atamasi, deyarli qo‘shiqchi atamasi bilan sinonim, lekin zamonaviy estrada musiqasida kengroq tushuniladi, ya'ni qo‘shiqchi nomi ostida deklamatsiyalar (matnni ifodaliroq o‘qish), rechitativ (vokal musiqa ohanglarini so‘z orqali aytish), skriming va boshqa turdagi ijro turlari nazarda tutiladi. G‘arbiy Yevropa (o‘rta asrlarda)ularni maddohlar deb atashgan. Ular ham musiqa yaratishgan, ham musiqiy asarlarni ijro qilishgan. Qo‘shiqchining asosiy vazifalari bastakor va shoirning barcha fikrini tinglovchiga yetkazib berish. Shuningdek, tinglovchi tomoshabinlarga vokal va raqs san'ati hamda aktyorlik mahorati yordamida musiqiy asarning teran ma'nosini yetkazib bera olishdadir.
Asosan, tovush diapazoni va jinsiga ko‘ra tovushlar tasniflanadi. Hatto shu ikki jihatni inobatga olgan holda turli tovush turlari kelib chiqadi. Quyida ularning to‘rt turi sanab o‘tilgan.
Ayollar ovozi:
* soprano - yuqori tembrli ayollar ovozi
* metsso-soprano - o‘rtacha tembrli ayollar ovozi
* kontralto- past tembrli ayollar ovozi (xor musiqasida bu ovoz alt deyiladi)
Erkaklar ovozi:
* tenor - yuqori tembrli erkaklar ovozi
* bariton - o‘rtacha tembrli erkaklar ovozi
* bas - past tembrli erkaklar ovozi
Kasb tarixiInsoniyat cholg‘u asboblari ixtiro qilinishidan avval kuylashni o‘rgangan. Qo‘shiq turli o‘yinlar, ishora va ohanglarni birlashtirish natijasida kelib chiqqan. Xalq artistlarini ilk vokal san'ati namoyondalari deb hisoblasa bo‘ladi.
Faoliyat turlariYakka ijro etiladigan (estrada va konsert zallarida xalq oldida ijro etish), xorda ishlash, konsert dasturlari ishtirok etish, xorda dirijyorlik qilish. Vokalistlar keyingi turlarga ajratiladi:
Lider-vokalist - musiqiy kolektiv ishtirokchisi bo‘lib,yetakchi vokal partiya ijrochisi sanaladi.
Bek-vokalist - musiqiy kollektiv ishtirokchisi bo‘lib, yordamchi, garmonik partiyaalarni orqada turib ijro etadi.

Ish joylariMadaniyat saroylari. Televideniye. Radiostudiyalar. Vokal-cholg‘u, jaz ansambllari. Xor kollektivlari. Ta'lim muassasalari (konservatoriya, musiqa kollejlari, oliy o‘quv dargohlar). Jamoaviy tashkilotlar (ijod va erkin mashg‘ulot markazlari). Teatrlar. Kinostudiyalar. Ovozyozish studiyalari.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarEshitish qobiliyati. Kuchli, o‘zgarishlarga boy va chiroyli tovush. Artististik qobiliyat. Jo‘r bo‘lish sezgisi. Musiqiy xotira. Sabr. Intiluvchanlik. Kuchli tasavvur. Ijodiy qobiliyat (improvizatsiyaga moyillik, tez moslashuvchan tafakkur). Kuchli iroda. Jo‘shqinlik. Chiqishimlilik. Ichki sezgi. G‘ayrat. Faollik. Uddaburonlik.
Bilishi lozim: san'at tarixi va nazariyasi. Imkon qadar chet tillarini.
Qo‘lidan kelishi kerak: turli uslublarda asarlarni ijro qila olish, musiqiy asar fikrini tushuna olish va asar timsoli va hissiy tuyg‘ularini tinglovchiga yetkazib bera olishi, shuningdek, xorda ishlay olishi. Akkompaniator bilan ishlash jarayonida qo‘shiqchidan ansamblda ishlay olish talab qilinadi. Xorda ijro qilayotanda boshqa tovushlar bilan qo‘shilib ketgan holda garmonik ohang hosil qilish.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri3210601

Oliy ta‘lim muassasalari

Kollejlar

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit