logo
Asosiy
Ta‘lim muassasalari
Mutaxassisliklar katalogi
Bino inshootlari bo’yicha texnik arxitektor

Bino inshootlari bo’yicha texnik arxitektor

Kasb ta‘rifiArxitektor kasbi qurilish bilan chambarchas bog‘liq, shu sababli ham bu juda qadimiz kasblar sirasiga kiradi. Butun jahon bo‘ylab turli xil arxitektura uslublarida qurilgan antiqa ibodatxonalar, hashamatli binolar hamda ko‘priklar qurilgan. Aynan ushbu uslublarga ko‘ra quruvchilik davri, ushbu davr aholisining qiziqishlari, an'analari yoki daromadini bilish mumkin. Har bir bino insonda aniq bir kayfiyat hissini uyg‘otishi tabiiy. Aynan ushbu sifatlar arxitekturani san'at darajasiga ko‘taradi, zero, har bir arxitektor o‘z ijod namunalarini yaratayotganda tomoshabin bilan muloqotda bo‘ladi va ular orqali o‘z kayfiyati, fikr-xayollarini namoyon etadi.
Kasb tarixi Arxitektor (so‘z asosi grek tilidan kelib chiqqan; lotin tilidan tectum - uy, pana) - arxitektura bilan shug‘ullanuvchi kasb, ya'ni hashamatli binolarning qurilish konstruksiyasini inobatga olgan holda reja ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan. Solnomalarda qayt etilishicha, birinchi arxitektorlar italiyalik: Pyetro Antonio Solari, Petrok Kichik, Aleviz Yangi kabilar bo‘lgan. Bundan avvalroq esa «murol» hamda «xona ishlari ustasi» kasb atamasidan foydalanilgan. XX asrga kelib arxitektura kasbi batamom ikkiga bo‘lingan: “hashamatli binolar loyihasi” (yirik bino hamda inshootlarni loyihalashtirish) hamda “shahar binokorligi”, ya'ni yirik shahar tumanlari yoki yer yotqizish va turli funksional qurilmalar. XX asr oxirlariga kelib, shahar binokorligi ijtimoiy hamda umumiy nazariya to‘qnashuvi natijasida “takomillashish” tizimi mustaqil tarbiya o‘rnida ajralib chiqdi va o‘z ichiga “shahar” nomli predmetni va shahar rivoji prinsiplarini oladi. XX asr oxirlariga kelib “arxitektor” atamasining ma'nosi, aytarli darajada o‘zgardi, ya'ni interyer dizayneri yoki landshaft dizayneri kabi kasblarni o‘z ichiga olib, ushbu kasblar bilan umumlashdi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarZamonga oid fikrlashi yaxshi rivojlangan bo‘lishi, kirishimlilik qobiliyati, qo‘l harakatining tezligi, hayotga real qarash, rassomlik didi, chamalay olishi, javobgarlik hamda tashkilotchilik qobiliyati. Ushbu kasb mutaxassisi bo‘lish uchun oliy ma'lumot talab etiladi. Binobarin, mantiqiy salohiyat, tahliliy fikrlash, matematika bilimlari hamda qurilish bilimlari OTMlarida chuqur o‘rgatiladi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3580201

Kollejlar