logo

Bank ishi mutaxassisi

Kasb ta‘rifiBank ishi mutaxassisi - bank biznesida faoliyat ko’rsatuvchi ish yurituvchi va boshqaruvchilardir. Hozirgi kunda bu kasb ommabop bo’lib, bu bank xodimi o’z faoliyatini mijozlar bilan ishlash, buxgalter yordamchisi va ish yurituvchilikdan boshlaydi. Bank ishi mutaxassisining majburiyatlari lavozimiga bog’liq. Bank ishi mutaxassisi majburiyatlari bank mijozlari bilan ishlash bo’lib, mijozlarga xizmat ko’rsatish, turli savollarga tavsiyalar berish, shuningdek, loyihalashtirish va ishni oldindan ko’rib chiqish kabi tahliliy vazifalari bilan shug’ullanadi.
Kasb tarixi Bu so’zning to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi italyancha banco - «stol» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, bank ishi mutaxassisi esa - “stol qarshisida ishlovchi inson” ma'nosini anglatadi. Ushbu kasbning kelib chiqishi tarixan uzoq davrga tegishli emas. Butundunyo bo‘ylab katta miqdordagi pulni foizini hisoblagan holda qarzga beruvchi tadbirkorlar bo‘lgan. Keyinchalik katta pul aylantiruvchi banklar paydo bo‘lgan. Katta banklar ishga tushgach,pul operatsiyalarini to‘g‘ri bajara oladigan xodimlarga bo‘lgan talab ham paydo bo‘lgan. Aynan shu davrda yangi kasb: bank ishi mutaxassisi - kredit tizimi operatori va vositachisi paydo bo‘lgan. Umuman olganda, bu -bank biznesida ishtirok etuvchi bank kapitali mulkdori va ish boshqaruvchisidir.
Faoliyat turlariKreditlashtirish - bank operatsiyalaridan biri bo’lib, bank ishining barcha faoliyati bunday tashkil topmagan. Qator banklar turli xil operatsiyalarni bajaradi va har xil turdagi mijozlarga xizmat ko’rsatadi. Kredit berish bo’limi kredit oluvchilar talabnomasini qabul qiladi, qarz oluvchining moddiy ahvolini, kredit olinayotgan biznes-loyihasini o’rganib chiqib, garovga qo’yilgan omonatni ko’rib chiqadi; kredit uchun to’plangan hujjatlarni o’rganib chiqib, omonatdagi buyumni va kredit qarzini o’z vaqtida to’lanishi nazorat qiladi. Kredit berish-bermaslik kredit qo’mitasi tomonidan belgilanadi, bular bankning boshqa bo’lim boshliqlari bo’ladi. Investitsiya bo’limi mablag’ sarfi loyihasi tahlili bilan shug’ullanadi, bularga biror loyihani amalga oshirayogan korxonalar, tashkilot rivoji va moddiy ta'minlash ahvolini o’rganish ham kiradi. Qimmatbaho qog’ozlar bo’limi birja va bozorda qimmatbaho qog’ozlar joylashtirib, mablag’ni daromadli qimmatbaho qog’ozlarga tikadi, shuningdek, daromadni jalb qilish uchun qarz berish bilan ham shug’ullanadi. Diling bo’limi (kaznacheystvo) pul hamda valyuta bozorida operatsiyalarni bajarib, boshqa banklardan harid qilish yoki sotib yordamida kurs o’zgarishi orqali daromadga ega bo’ladi. Fond bo’limi bozoga obligatsiya va aksiyalarni joylaydi. Opersiya bo’limi mijozlarga hizmat ko’rsatish bilan shug’ullanib, mijozlar talabini bajaradi va talabni hisob-kitob bo’limiga yuklaydi. Plastik kartochka bo’limi - zamonaviy banklarning ajralmas qismidir. Plastik kartochkalar bank uchun qo’shimcha daromad va qo’shimcha mijoz deganidir. Yuridik bo’lim. Yuridik bo’lim ishi mijozlarga hisob raqam ochishdan boshlanib, mijozlarning (tashkilotning) to’g’ri ro’yhatdan o’tganini tekshirish bilan yakunlanadi. huquqshunoslik bo’limining boshqa yana bir muhim vazifasi hakamlar komissiyasi jarayonini tuzish bo’lib, ko’pgina banklarda yuqori talabga ega. Sudda jarayon natijasi bank huquqshunosi o’zini qanday ko’rsatishiga bog’liq. Hisobot bo’limi. Hisobot - bank yuzi sanaladi. O’zini hurmat qiluvchi mijoz hyech qachon bans hisobotini o’rganib chiqmay, bu bank bilan ish boshlamaydi. Zero, hisobotni o’rganish orqali bank faoliyatining barcha qirralarini : operatsiyalarining serdaromatligi, mijozlar soni, kredit berish miqdori va qimmatibaho qog’ozlar portfeli haqida to’liq ma'lumotlarga ega bo’lish mumkin. Shuningdek, bank hisobotini nafaqat bank mijozi, balki O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki ham o’rganib chiqadi. Markaziy bank banklarga ayrim operatsiyalarni bajarishni ta'qiqlab qo’yishi yoki umuman bank litsenziyasidan mahrum qilib, uni yopib qo’yishi ham mumkin. Iqtisod bo’limi tahlili. Tahlilsiz ish to’g’ri yo’lga qo’yilishining iloji yo’q. To’g’ri yechim - bu yuqori daromad, noto’g’ri yechim esa - zarardir. Axborot texnologiyalari va avtomatizatsiya bo’limi. Zamonaviy bank faoliyatini kompyuterlashtirish va aloqasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Sifat va axborot texnologiyalarining xavfsizligidan bank ishi sifati, shuningdek, mijozlar soni bog’liqdir. Marketing bo’limi mijozlar aynan shu bankni tanlashlari uchun reklama bilan ta'minlamog’i lozim. Bank qanchalik katta bo’lsa, uning xodimlari ham shunchalik ko’p bo’ladi.
Ish joylariBank mutaxassisi nafaqat banklarda, balki turli korxonalarning rejalashtirilgan bo'limlarida, investitsiyalarni loyihalash bo'limlarida, moliya institutlarida, sug'urta kompaniyalarida, kredit tashkilotlarida, birjalarda ham ishlashi mumkin.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarMuvaffaqiyatli bankir ehtiyotkorlik, mas'uliyat, qat'iyatlilik, tashabbuskorlik, o'z-o'zini tarbiyalashga tayyorlik kabi shaxsiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak; samaradorlik, to'g'ri echimlarni tezda topish qobiliyati; professional vazifalarni bajarishda to'plangan, ravshanlik, intizom; tejamkorlik, pul ishlash istagi va uni sarflamaslik; xushmuomalalik; muvozanatli siyosat yuritish qobiliyati.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3340701

Kollejlar