Dizayner

Kasb ta‘rifiDizaynerlik - bugungi kunda eng yuqori daromadli kasblardan biridir. Axir, dizaynerlar hayotimizni go’zalroq bo’lishida o’z hissasini qo’shadilar. Odamzod uchun go’zallik qancha ko’p bo’lsa, shuncha ozdir

Kasb tarixi«Dizayner» so’zi inglizcha «industrialdesighn» so’zidan kelib chiqqan bo’lib, loyihalashtirish, sanoat hom-ashyolarini ishlab chiqarish ma'nolarini anglatadi. Qadim zamonlardanoq inson o’z kelib chiqishini o’zgartirishga intilib kelgan. Buni o’z xonadonini shinamroq, ish joyini esa qulay qilib o’zgartirganligi misolida ko’rish mumkin. Bizni o’rab turgan barcha narsa qulay, foydali, tejamli va chiroyli bo’lishi barobarida sog’lig’imizni saqlab qolishi va ruhiy osoyishtalik sari yetaklashi lozim. Aynan bu kabi vazifalar bilan dizayner shug’ullanadi. XX asr fan va texnika asri deb tan olingan bo’lib, bu yillar texnika va fandagi yutuqlar, tejamkorlik va go’zallikka intilishga erishilgan, shularning natijasida yangi kasb - dizaynerlik shakllangan. Hozirgi kunda hech qaysi sohani bu kasbsiz tasavvur qilishning iloji yo’q.
Faoliyat turlariUmuman olganda, dizaynerlik dizaynning u yoki bu yo’nalishining badiiy-texnika ijodiyoti bilan shug’ullanishdir. Zamonaviy dizaynning hozirgi kundagi kasblari: veb-dizayner, reklama mahsulotlari dizayneri, arxitektor, loyihala dizayneri, illyustrator.
Zamonaviy dizayn bir necha yo’nalishlarga bo’linadi: sanoat dizayni, atrof-muhit dizayni, landshaft dizayni, grafika dizayni, poligrafiya dizayni, arxitektura dizayni, liboslari dizayni, poyafzal dizayni va taqinchoqlar dizayni.
Ish joylari•Madaniyat va turmush sohasida;
•Molleshtiruvchi va ishlab chiqarish;
•Loyihalashtiruvchi kasaba uyushmalari va vazirlik uyushmalari;
•Ilmiy-tekshiruv institutlari;
•Sanoat tashkilotlarining badiiy-loyiha bo’limlari;
•Teatrlar, madaniyat markazlari;
•Ta'lim muassasalari (kollejlar, litseylar, OTMi).
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar* vaziyat va predmetlarga noodatiy қarash;
* tasavvurna fikrlash қobiliyati;
* tayyor maҳsulotni umumiy ko’ra olish;
* kirishimlilik;
* mijozni tinglash va eshita olish;
* ijodkorlik - barcha masalaga ijodiy yondashuv va g’oyalarni amalga oshira olish;
* qunt - ba'zan bir ishga bir-necha marotaba yondashuv talab qilinadi;
* mehnatkashlik - doimiy amaliyot talab қilinadi, faқat shu yo’l bilangina yetuk mutaxassis bo’lib yetishish mumkin;
* sabr - hatto omadsizlikka duch kelganda ham tushkunlikka tushmay, doim olg’a qadam tashlash va barcha to’siқlarni yengib o’tish zarur.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri3210901

Oliy ta‘lim muassasalari

Kollejlar

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit