logo

Moliyachi

Kasb ta‘rifiMoliyachi - moliyaviy fanlar va amaliyotlar , pul murojaati va krizis, moliyaviy operatsialar sohasida bilimdon mutaxassis. Moliyachi (fr. Finances)- pul mablag‘lari, davlat daromadlari. Hamda ular pul murojaati va kreditlar bilan ish olib borishadi. Bu insonlarni pul va moliya operatsiyalarini bilimdoni desa boladi. Moliyachilar pul vositalari va davlat daromadlari bilan shug‘ullanishadi.
Kasb tarixi Moliyachi kasbi birinchi davlatlar paydo bo'lgan davrda kelib chiqadi. Hukmdorlar saroylarida moliyaviy saqlovchining maxsus lavozimi nazarda tutilgan bo'lib, uning vakili monarxga ma'lum muddatga pul bergan, keyinchalik naqd pul yetishmagan taqdirda qaytarib berilgan. Nazorat va vakolatli boshqaruv bo'lmasa, xazina asta-sekin bo'shab qoldi, o'g'irlik va moliyadan noo'rin foydalanish holatlari tez-tez uchrab turardi. Ushbu kasb zamonaviy dunyo haqiqatlariga muvaffaqiyatli moslashdi va o'z dolzarbligini saqlab qoldi. Bir necha o'n yillar oldin korxonalar buxgalterlar va iqtisodchilar tomonidan boshqarilgan. Bugungi kunda moliyachilar turli kompaniyalarga doimiy raqobat sharoitida bozorda etakchilar qatorida bo'lishga yordam bermoqdalar va o'zlari ishlaydigan kompaniya kapitalini ko'paytirishning samarali usullarini ishlab chiqmoqdalar.
Faoliyat turlariBankirlar Professional investorlar Treyderlar va boshqalar.
Ish joylariMoliyachining ish joyi turli idoralar va davlat, mintaqaviy va mahalliy darajadagi organlar bo'lishi mumkin. Bu banklar, moliya institutlari, birjalar, kompaniyalar, investitsiya fondlari va boshqa muassasalar bo'lishi mumkin.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarMoliyachining vazifaviy majburiyatlariga quydagilar kiradi : moliyaviy hujjatlarni yakunlab berish, moliyaviy operatsiyalar o'tkazish, hisobot va smetalar tuzish,soliqqa solish va moliyaviy operatsiyalar tadbirini o‘tqazish. Moliyachi o‘z faoliyati davomida butun ish jarayoni uchun javobgar bo‘lib, boshidan oxiriga qadar o‘z ishini o‘zi bajarib, u uchun o‘zi javob beradi. Moliyachilar o‘z ishi uchun javobgar ijrochi va a'lo tashkilotchi bo‘lishi kerak. Bu mutaxassis mustaqil bo‘lishi zarur. Moliyachilar hamkasblari va boshqa mutaxasislar bilan ko‘p suhbatlashishadi, shu sababli kirishimli bo'lishi zarur.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3340601

Kollejlar