logo
Asosiy
Ta‘lim muassasalari
Mutaxassisliklar katalogi
Keng assortimentdagi kiyimlar modelyer-konstruktori

Keng assortimentdagi kiyimlar modelyer-konstruktori

Kasb ta‘rifiModelyer tikilishi kutilayotgan yangi modeldagi kiyimlarning shaklini ishlab chiqadi, kerakli metod qo‘llanmalarni tuzadi, eskizlar chizadi, mahsulot tayyorlanishini nazorat qiladi. O‘zi ishlayotgan atelye yoki fabrika imkoniyatlaridan kelib chiqib o‘zining loyihalarini qayta ko‘rib chiqishi mumkin.
Faoliyat turlariModelyer konstruktor- kiyim-kechaklar, bosh kiyimlar, aksessuarlarning yangi modelini ishlab chiqadigan mutaxassis
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarModelyer -konstruktor so‘nggi moda yangiliklaridan, so‘nggi gazlamalardan, ishlab chiqarish texnologiyalaridan muntazam habardor bo‘lishi kerak. Yaratilishi kutilayotgan modellarning eskizlarni chizishni, shakllantirishni, texnik va iqtisodiy jihatdan hujjatlarni nazorat qilishi, shakllantirishi, o‘zgarishlar kirita olishi kerak. Modelyer uchun nafis did, kelajakni ko‘ra olish, ranglarni moslashtira olish kabi hususiyatlari shakllangan bo‘lishi kerak. Ko‘z qobiliyatining pasayishi va qo‘l mushaklarining ishlashi sustlashishi bu kasb egalari uchun havfli hisoblanadi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3540604

Kollejlar