logo
Asosiy
Ta‘lim muassasalari
Mutaxassisliklar katalogi
Lift va ekskalatorlardan foydalanish va ta'mirlash texniki

Lift va ekskalatorlardan foydalanish va ta'mirlash texniki

Kasb ta‘rifiLiftchi — liftni uzluksiz ishlashini ta’minlovchi va quyidagi vazifalarni bajaruvchi kasb egasi: • Liftning texnik holatini va ishga tayyorligini tekshirish; • Liftdan foydalanish qoidalarini bajarilishini nazorat qilish; • Liftning avariya yoki ishdan chiqishiga olib keluvchi nosozliklar bo’lgan vaqtida liftni ishlatilishiga yo’l qo’ymaslik; • Lift bo’lmasini tozalikda saqlanishini nazorat qolish; • Qavatlar orasida qolib ketgan yo’lovchilarni evakuatsiyasini ta’minlash; • Texnik ustalar liftni tuzatishi vaqtida kerakli asbob-uskunalarni taqdim qilish; • Texnik va shoshilinch nosozliklarni qaydlar jurnalia qayd etib borish; • Nosozliklarni bartaraf qilish uchun eletromexanikni yoki avariya brigadasini chaqirishi darkor.
Kasb tarixi Lift haqida birinchilardan bo’lib e.a. 236 yillarda Rimlik arxitektor Vitruviy Arximedning ko’tarish apparati haqidagi ixtirosiga urg’u bergan holda yozib qoldirgan. Undan keyin lift haqida esa VI asrning o’rtalarida (Misrdagi muqaddas Yekaterinaning cherkovi), XVIII asrning birinchi choragida (Fransiyada) va XVII arsda (Buyuk Britaniyadagi Vindzor qal’asidagi lift, Parij saroylaridan biridagi Velayerning “Uchar o’rindiq”i) eslatib o'tilgan. XVIII asrda yo’lovchi tashuvchi liftlardan Rossiya imperiyasida foydalana boshlaganlar. Hozirgi zamonaviy liftlar 30 kishigachan yo’lovchini 0,5—4 m/s da 18 m/sgacha (tezkor harakatlanuvchi lift) tezlikda harakatlana oladi. Yuk tashuvchi liftlar 10 tonnagacha yukni 1,5 m/s tezlik harakatida olib chiqa oladi. Liftchi kasbi liftni nosozliklarsiz, havfsizligini nazorat qilgan holda lifning texnik holatini nazoratga olish vazifalarini bajarishga mo’ljallangan.
Faoliyat turlariBitta yo’lovchi tashishga mo’ljallangan liftchining vazifasi — asosiy to’xtash qavatida doim o’z joyida bo’lishi darkor. Og’ir yuklarni tashishga mo’ljallangan liftchisi — asosiy yuk tashish maydonida liftni boshqarish posti joylashgan yerda bo’lishi darkor. Ko’pchilik yo’lovchilarni tashuvchi liftchi — doimiy ravishda liftlarni sozligini tekshirish va yo’lovchilarning havfsizligini ta’minlash uchun nazoratdan o’tkazib turishi darkor. Kasalxonaning liftyori — liftga yo’lovchi olinayotganida hamda manziliga yetkazilganida doim lift ichida bo’lishi, liftni o’zi kerakli manzilga yo’naltirishni boshqarishi darkordir.
Ish joylariIsh faoliyati turli sektorlarda olib boriladi (turar fond, muassasa va lift o'rnatilgan joylar). Tungi ish vaqtiga qo'shimcha maosh oladi. Nafaqa yoshiga yetgandan so'ng ham ishda olib qolish ehtimoli mavjud.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarLiftdan foydalanish jarayonida xavfsizlikni taminlash choralari; Yo’lovchi tashuvchi va yuk tashuvchi liftlardan foydalanishning tipli qoidalari; Nominal yuk tashuvchi liftdan foydalanishning qoida va mexanizmini; Xavfsizlik anjomlarining belgilangan vazifasi va joylashgan joyi; saqlovchi vositalarning belgilangan vazifasi va joylashishi; signalizatsiya va apparatning belgilangan vazifasi; Liftni ishga tushurish qoidalari va himoya vositalarining sozligini tekshirish.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3580303