logo

Interyer va mebellar dizayneri

Kasb tavsifiInteryer dizayneri deb insonlar yashash tarzini yengillashtiruvchi, qulaylik yaratish bo‘yicha yangidan yangi loyihalarni ishlab chiquvchi mutaxassislarga aytiladi. Interyer dizaynida buyurtmachining qiziqishlari, kayfiyati, orzulari, takrorlanmas go‘zallik, uslubda yaratilgan bo‘lishi kerak. Interyer dizayni ham yildan yilga rivojlanib, bugungi kunga kelib o‘zining turli uslublariga ega. Masalan, tarixiy, hi-tech, modernizm, dekonstruktiv va boshqalar... Bu yo‘nalishdagi mutaxassis tanlangan binoni har bir xonasini aloxida bir did, takrorlanmas uslub bilan bezatilgan va shu qatorda insonlar uchun qulay shart sharoitlar yaratilganini bo‘lishi kerak. Bundan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, interyer dizayneri ham rassom, ham loyihachi, ham konstruktor, ham ish boshi vazifalarini ham to‘la bajara olishi lozim. Mustaqil ravishda interyer uchun yaratilgan loyihaning eskiz va chizmalarini chiza olishi kerak.
Kasb tarixi Ushbu kasb paydo bo‘lganiga ko‘p vaqt bo‘lmagan. XX asrning 80 yillarida ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berib, axolida ortiqcha daromad paydo bo‘ladi va yashash sharoitlarini o‘zgacha uslubda o‘zgartirishga ehtiyoj tug‘iladi. Shu bilan bir qatorda interyer dizaynerlariga ham ehtiyoj oshadi. Bu davrda insonlar talablari ham bir biridan farq qilib, yashash sharoitlarini qulayligini saqlab qolgan holda, takrorlanmas uslubda qurilgan, bezatilgan xonadonlarda yashashni talab qila boshlashdi. Bu bilan buyurtmachilar qurilish mollari, mebel va aksessuarlarga ortiqcha vaqt ketkazmay, o‘z ishi ustalari interyer dizaynerlari didiga ishonib, kerakli mablag‘ni to‘lashni afzal ko‘rishgan.
Faoliyat turlariArxitektor, bezatuvchi
Ish joylariDizayn studiyalari Mebel fabrikalari, firma va magazinlari Arxitektura bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar Mustaqil ijodkor (dizayner inter'er)
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarMutaxassilikka tegishli malakalar: Asosiy kompozitsiyalar Agronomika va antropometriya Koloristika asosi va ranglar psixologiyasi Qurilish normalari va qoidalari Interyer uslublari va dizayni tarixi Ranglarni loyihalashtirish asosi Interyer dizayneri bilishi kerak amaliy bilim ko‘nikmalar Kompyuter dasturlari Materiallarni farqlay olish Loyiha ishlab chiqish Marketing asoslari Psixologiya asoslari Dizayn interyerdagi fen-shuy Interyer predmetlarini bezata olishi kerak
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri 3210903