logo

Marketolog

Kasb ta‘rifiMarketolog - bu bir tashkilotning maxsuloti yoki xizmatini bozor talablariga mos darajasiga olib chiqish bilan shug‘ullanuvchi mutahassis. Har bir tashkilotning bozor iqtisodiyotida talabgor, iste'molchi didiga mos mahsulotlarni tahlil qilib, shu ish bilan jiddiy shug‘ullanuvchi mutaxassisi bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, mahsulotning kelajakda talabgor bo‘lish-bo‘lmasligi, tashkilot daromadi ham aynan shu mutaxassis tahliliga bog‘liq. Shuning uchun marketolog kasbi karyerada ham, daromadli kasb sifatida ham kelajagi bor mutaxassislik hisoblanadi.
Kasb tarixi Bu kasbga ehtiyoj o‘tgan asrning o‘rtalarida kuchli bo‘lgan. Ammo bu kasbni yangi deb ham bo‘lmaydi, chunki birinchi marketologlar Yevropada 17-18 asrlaridayoq ish boshlashgan. O‘sha davrda savdo tashkilotlarning kuzatuvchisi bozorlarga borib qaysi matoga, mahsulotga talab kuchliligini aniqlab yurishgan. Bu kelajakda keltirilmoqchi bo‘lgan mato, material, mahsulotning bozordagi kelajagini aniqlab bergan.
Faoliyat turlariBrend menejer, PR menedjer, treyd menedjer, mahsulot menejeri, reklama agenti, reklama menejeri, turizm bo‘yicha menedjer, xodimlar bo‘yicha menejer, savdo menedjeri
Ish joylariBugungi kunga kelib marketologlar uchun xar bir tashkilotda ish o'rinlari ajratilgan. Bank ishlari, tekstil' korxonalari, oddiy davlat va xususiy xolding va firmalarda ham marketologlarga ehtiyoj katta. Bundan tashqari zamonaviy internet davrida internet-marketologlar savdo bo'limida alohida o'rin egallovchi mutaxassis darajasiga ko'tarilgan. Bunda zamonaviy bozor iqtisodiyotiga mos, iste'molchi didi va talabiga monand mahsulot ishlab chiqish asosiy vazifasi hisoblanadi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarBozor iqtisodyoti asoslari bilimi Ilmiy izlanish ishlarini olib bora olish qobiliyati Statistik ma'lumotlar, hisobotlar bilan ishlash Kompyuter savodxonligi O‘z fikrlarini tushunarli tilda aniq va oson taqdim eta olish qobiliyati Umumiy bilimi oliy ma'lumotli Bundan tashqari Mehnat safarlariga tayyor turishi Ingliz tilini (upper intermediate darajasini)bilish
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3340301