logo

Meteorolog

Kasb ta‘rifiMeteorolog (yunonchadan “havoda bug‘lanish” ma'nosini anglatadi) - bu mutaxassis ob-havo ma'lumotlarini kuzatadi, to‘playdi, tarqatadi. Meteorologlar barcha diqqat e'tiborini atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga qaratadi va uning kuzatuvchisi sanaladi. Ular turli uslublar va texnik qurilmalardan foydalanishadi. Ular orasida masalan, maxsus meteorolog pufakchasi (aerozond) va hattoki samo yo‘ldoshlari mutaxassislari mavjud. Bunday mutaxassislar faqatgina kundalik ob-havo bilan shug‘ullanishmaydi, balki favqulodda vaziyatlar oqibatlarini (suv toshqini, qurg‘oqchilik, po‘rtana (kuchli shamol) va h.k) oldindan aytib bera oladilar. Bundan tashqari, ularning bevosita ishtiroki, bularning o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan tadqiqotlar natijasi atrof-muhit holati darajasini ifloslantirmaslik ham kiradi. Meteorologlar ish faoliyati qishloq xo‘jaligida, havo floti (aviatsiya)da, kema qatnovida muhim rol o‘ynaydi.
Kasb tarixi Ob-havoni oldindan aytib berish qobiliyati qadim zamonlarga borib taqaladi. Ular dunyodagi o‘zgarishlarga qarab muayyan dalillar asosida biron hodisaning qanday bo‘lishini, qanday kechishini va oqibatini oldindan aytib bera olishgan. Bu kabi voqyea-hodisalar bizning davrimizgacha saqlanib qolgan. Meteorologiya so‘zi ilk bor Platon davrida (eramizdan avvalgi 429-347 yillarda) tilga olinadi. Lekin ob-havo va iqlimi haqidagi fikr “Meteorogi” deb Aflotun (Aristotel) deb bilishadi. U qoldirgan qo‘llanma kitobdan qariyb 2000 yil foydalanishgan. Shunga qaramay, ob-havoni aniq aniqlash to‘g‘risidagi ma'lumotlar Qadimgi Yunonistonda paydo bo‘ldi. Aflotunni bu haqdagi izlanishlar olib borishi natijasida yozib qoldirgan eramizdan avvalgi 4 asrda shamol, bulut, yomg‘ir, do‘l to‘g‘risidagi ma'lumotlardan bilib olishimiz mumkin. Meteorologiya fani yunonliklar tufayli - atrof-muhitdagi voqyea-hodisalarni bilish - ob-havo ma'lumotlarni oldindan aytib berish tarkibini butun tizimi ishlab chiqilgan.
Faoliyat turlariMutaxassislikning uchta eng asosiy turi: • meteorologiyaga oid, • iqlimga oid • agrometeorologiyaga oid. Meteorogiyaga oid mutaxassislikning ichida yana bir nechta yo‘nalishlar: • sinoptikka oid, • aerologiyaga oid, • dengiz meteorologiyasiga oid, • havo floti meteorologiyasiga oid, • radiometeorologiyasiga oid, • meteorologik asboblariga oid.
Ish joylariMeteorologlar meteorolog bekat va postlarida, davlat gidrometeorologiyasi, Mudofaa vazirligi va davlat ekologiya qo'mitasi ilmiy-tekshiruv ajratish qismlarida ishlashlari mumkin. Xususan, gidrometeorologlar o'zining qism ajratish bo'linmalari hududlarida ham faoliyat yuritishadi. Ularning mutaxassislari ob-havo va iqlim sharoitini oldindan aytib berish, shuningdek, atmosfera tekshiruvi (radar, yo'ldoshlar va h.k yordamida) bilan shug'ullanishadi. Shu bilan birga meteorologlar xususiy shirkatlarda ish yuritib, havo flotiga, kema qatnovi yuritish, qishloq xo'jaligida, qurilishda ob-havoni oldindan aytib berish bilan shug'ullanishadi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarMeteorologiya aqliy kasb mahorati (ijodiy va aqliy mehnat turi) sanaladi. Ish jarayonida ular hammani hayratini keltiruvchi voqyea-hodisalarda diqqat-e'tiborli, xotirasi va tafakkuri kuchli bo‘lishi lozim. Meteoroliya chuqur bilimdonligi, qiziquvchanligi, xatti-harakatning muvofiqligi, aqliy- tahliliy qobiliyati bilan ajralib turadi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3440601