logo

Sug‘urta agenti

Kasb ta‘rifiTurli biznes sohalarining yuqori sur'atlarda rivojlanish sharoitida sug'urta agentining faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. Sug'urta agenti ko'chmas mulk, shuningdek, shaxsiy sug'urtani amalga oshirish, har xil turdagi shartnomalar tuzish bilan bevosita aloqa vazifasini bajaradi. Mamlakatning turli mintaqalarida iqtisodiy sharoitni o'rganishda sug'urta agenti ma'lum sug'urta xizmatlari bo'yicha hisobot tayyorlaydi.
Kasb tarixi Sug’urta qilish eramizdan 2 ming yil avval paydo bo’lgan, u davrda jamoalar avvaldan bosqinchilik, o’g’rilik, tabiiy ofatlar va boshqa holatlaridan o’zaro zararni bo’lishib olishni kelishib olishgan. Qadimgi Rimda sug'urta mukofotlari yig'imi maxsus kengashi tashkil qilingan bo’lib, ular "sug'urta da'volarini" oshirish imkonini bergan. O'rta asrlarda ikki asosiy yo'nalish paydo bo’lgan bo’lib, ular shaxsiy va mulkiy sug'urta turlarga bo’libgan. Eng avval Nikolay I farmoni bilan 1827 yilda Rossiyada "Olovga qarshi mulk sug'urtasi uchun shaxsiy kompaniya"sini yaratilgan. XX – asrga kelib intensiv rivojlanish sug'urta kapitalining faol to'planishiga sabab bo’lib kelmoqda.
Faoliyat turlariSug'urta agentlari, sug'urta brokerlari
Ish joylariSug'urta agenti sug'urta tashkilotlarida yoki ular bilan jamoatchilik asosida hamkorlik qilishlari mumkun. Sug'urta brokeri mustaqil tadbirkor yoki sug'urtalilar manfaatlarini ifodalovchi korxona sifatida ishlaydi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarSug'urta kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan sug'urta qonunchiligi va turlari sug'urta hujjatlarni rasmiylashtirish imkoniyatiga ega bo'lish uchun sug'urta shartlarini bilish kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3341301