logo

Texnik-geofizik

Kasb ta‘rifiGeofiziklar yer qobig‘i tuzilishini, uning rivojlanish tarixini o‘rganuvchi, tog‘ jinslari joylashishi va kimyoviy tarkibi ustida ilmiy-tekshirishlar o‘tkazishadi. U yer ustki va yer ostki suvlarini, muzliklar, qor qoplamalari, shuningdek, jo‘g‘rofik yoyilishining tadqiqot uslublari asosida o‘rganib chiqadi. Geofiziklar vazifasi tadqiqot o‘tkazish loyihasini tuzish va foydali qazilmalar qidirish bilan shug‘ullanishdan iborat. Ular yerning magnit maydoni xaritasini tuzishadi, foydali qazilma boyliklari qidiruvi bilan shug‘ullanishni boshlashadi. Shundan keyin joylashgan yer ochiq bo‘lsa, geofiziklar uning zahiralarini hisobga olishi shart. U atrof-muhitga hech qanday zarar yetkazmaslik uchun qazish ishlarini aniq bir mo‘ljalini rejalashtirib, keyingi vazifasini amalga oshirishi lozim.
Kasb tarixi Zamonaviy geofiziklarning asosiy vazifasiga: tabiat resurslarini o‘rganish va baholash, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy ofatlar, ob-havo, dunyo ummonini tekshirish, kosmik fazoni o‘rganish, yadro qurollar sinovi nazorati ustida ish olib borish kiradi. Geofizik kuzatuvlari belgilarisiz sayyoralarni to‘liq o‘zlashtirib bo‘lmaydi -o‘lchov masofasi, dengiz va okeanlarni yo‘nalishini aniqlash, tabiiy ofatlar bo‘yicha qaydnomalashtirish va tizimlashtirish va h.k. XVII-XIX asrlarda makroskopik fizika bo‘yicha asosiy qonuniyatlari ishlab chiqarilgan edi. O‘sha davrda yer sharini kuzatish uchun geofizik rasadxonalar (observatoriya) yordamida dunyo miqyosini kuzatishni bilishgan.
Faoliyat turlariGeofizik-neftchi, geofizik-muhandis, geofizik-razvedkachi, seysmorazvedchik- yer qimirlash razvedkachisi, gravirazvedkachisi (yer sharining turli nuqtalarida og‘irlik kuchining qiymatini o‘rganish razvedkachisi) va h.k.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarFizika va geografiya sohasi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, o‘lchov asboblari yordamida o‘lchashni bilish va maxsus kompyuter dasturlari yordamida olingan natijalarni tayyorlash geofiziklar vazifasiga kiradi. Shu bilan birga o‘z tadqiqotlarini muvofiqlashtirgan holda olingan ma'lumotlarni tahlil etishda bilim-ko‘nikma muhim sanaladi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3441001