logo

Sirk artisti (jismoniy akrobatika)

Kasb ta‘rifiSirk artisti o’ziga xos san’atning vakili hisoblanadi – sirkning asosiy qirralaridan biri harakatlardir. Harakat (tryuk) fransuz tilidan – epchil harakat, epchil priyom, epchillik bilan qilingan harakat degan ma’nolarni bildiradi. Sirk artisti janrlarda parterdagi akrobatika, gimnastika, ot ishtrokidagi sirkda salto, qadni tik tutish, sakrash, kabrioli va shu kabi kutilmagan holatlarda o’zini namoyon qiladi. Sirk artistlarining faoliyati tamoshabinlar oldida chiqish bilan cheklanib qolmaydi, ularning ko’p vaqti mashq va tayyorgarlik ko’rishga sarflanadi. Bundan tashqari, rejissyorlar, musiqachilar, rassomlar ko’magida o’zlarining sahna timsollarini, sahna ko’rinishining qismlarini ishlab chiqadilar. Shaharda ishlaydigan sirk uchun binosi bo’lgan mutaxassislar, asosan o’sha binoda o’z mashqlarini olib boradilar va kamdan-kam konsertlar bilan joylarga chiqadilar. Biroq, doimiy harakatda yuradigan sirk mutaxassislari doimiy gastrol sayohatida bo’ladilar.
Kasb tarixi Sirk janri (Цирковой жанр) (frans. Genre – nasl, ko’rinish), tarixda tashkil bo’lgan estetik bir-biriga yaqin va umumiy funksional alomatga ega bo’lgan sirk ko’rinishlari guruhda jamlanganligidir. Misol uchun, ekvilibristika janrida bunday alomat tananing eng qaltis holatlarda ham muvozanatni ushlay olish hisoblanadi, janglorlikda esa – artistning berilgan ritmda bir xil yoki har xil shakldagi buyumlarni otish va ushlab olish qobiliyati hisoblanadi. Ko’plab sirk janrlarining kelib chiqish tarixi qadimgi xalq o’yinlari, ibodat marosimlariga, hunarmandlar va xristianlarning mehnat mahoratlariga uzviy bog’liqdir. Gimnastlarning asoschilari o’rnida “shornik”lar qaraladi, ular tayyorlangan charm mahsulotlar ustida turli gimnastik harakatlar qilib mustahkamligini tekshirar edi. Qadimgi Rimliklarda “sirk” so’zi (circus, “aylana”, “aylana bino”) sifatida ochiq turdagi oval ko’rinishdagi, zamonaviy otchopar maydoni ko’rinishidagi qurilishga aytilardi. Bunday eng yirik binolardan poytaxtdagi Katta sirk (Circus Maximus) sanalgan. Rim sirki zamonaviy sirk tamoshasi bilan o’zaro o’xshashlik jihatlari kam: u bir qator xalq tamoshalaridan, avvalo otchopar va arava poygalari, keyinchalik boshqalardan iborat bo’lgan. Keyinchalik ular sirkda emas amfiteatrlarda o’tkazilgan: gladiatorlar jangi (venator - trenerlar bilan bir qatorda), yirtqich hayvonlar kurashi va boshqa turdagi tamoshalar bilan birga. Sirkda musobaqalar bayram kunlari tashkil etilar edi va ular «ludi circenses» deb nomlanar edi. Rimda sirk katta jamoaviy rolni bajarar edi. Rimda bu holat eramizning birinchi asrigacha Vizantiyada saqlanib qolgan.
Faoliyat turlariSirkda bir qancha mutaxassisliklarning vakillari faoliyat olib boradilar: Dressirovkachilar (hayvonlarni o’rgatuvchilar), ko’zbog’lovchilar, masxarabozlar, akrobatlar, havo gimnastlari, ekvilibristlar, otliqlar. O’z kasbiy mahoratini to’laqonli egallashlari uchun har bir mutaxassis yillar davomida mashq qilishi darkor.
Ish joylariTsirk artisti - ko'chmanchi xalq hisoblanadi, hamma vaqtlarini ular tugamas sayohatda o'tkazadilar. Tsirk shapitosidan boshlanuvchi tsirk san'atining an'anasi shudir.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarSirk atristi quyidagilarni bilishi kerak: - sirk janrlarining elementlarini erkin egallagan bo’lishi: akrobatika, gimnastika, jonglyorlik qilmoq, dorda yurish, qo’l ekvilibrasi, masxarabozlik, ekstsentrika; - aktyorlik mahorati asoslariga egalik, o’yinning buffonad usuli va ekstsrentika; - tanlangan kasbda texnik ko’nikmalar jamlanmasini erkin qo’llay olish; - taklif etilgan stenariy bo’yicha sirk jamoasida, sirk dasturida ishlash va ijodkorlik; - sirk tamoshasi sharoitida tamoshabinlar bilan muloqotga kirisha olish; - jonli plastik qobiliyati va texnik xavfsizlik usullarini (пассировка) egallash; - tayyorgarlik darajasi va yoshini hisobga olgan holda o’quvchilarni sirk janrlariga o’rgatishni tashkil etish; - sirk janrlarini o’qitishda zamonaviy pedagogik va metodik texnologiyasidan foydalanish.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3210401