logo

Menejer

Kasb ta‘rifiMenejer (inglizchadan manage - boshqarish) - ishlab chiqarish bo‘yicha boshqaruv mutaxassisi va mahsulotlar bilan “muomalada” bo‘luvchi yollanma boshqaruvchi sifatida faoliyat yuritishadi. Bu soha vakillari idora, ishlab chiqaruvchi korxona xodimlar guruhini boshqaradi. Menejerlar idora, korxonalar yuzi hisoblanib, ular korxonaning oliy va o‘rta boshqaruv tarkibiga kiradi. Menenjerlarning asosiy vazifasi - boshqarish, rejalashtirish jarayonini hisobga olganda, tashkilotlar nazorati va motivatsiyasi. Boshqaruv ob'yektlarning soni va hajmiga karab, ularning boshqaruvchanlik darajasi farqlanadi, shu bilan birga menejerlarning boshqaruvchanlik darajasi ham aniqlanadi.
Kasb tarixi Boshqaruvchilikka ehtiyoj tug‘ilgach, “menejer” kasbi XIX asrda AQSHda yuzaga kela boshlagan. Shu mahaldan buyon savdo korxonalarining barcha tarmoqlarida menejment vazifasi rivojlana boshladi.
Faoliyat turlariSavdo-sotiq bo‘yicha menejer, turizm bo‘yicha menejer, xodimlar bo‘yicha menejer, idora-menejeri.
Ish joylariBu soha xodimlari yirik tashkilot va muassasalarda, tashrif buyuruvchilar va keluvchilarni hujjat ayirboshlash ishini qabul qilish bo'yicha yetakchi xodim sifatida ishlashlari mumkin. Ularga bo'lgan talab mehnat bozorida yuqori darajada.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarBu soha mutaxassislari bilishi lozim: Qonun chiqaruvchi va me'yoriy-huquqiy rasmiy hujjatlar (aktlar), tadbirkorlik va savdo tijorati faoliyatini reglamentga solishni; Bozor iqtisodiyoti, tadbirkorlik va biznes faoliyatini; Bozor kon'yunkturasini, mahsulotlarga baho berish tartibini, soliq solishni, marketing asosini; menejment, makro va mikroiqtisodiyot nazariyasini, ma'muriyat ishini, birja, sug‘urta, bank va moliya ishlarini; Ishchi-xodimlar ishini nazariyasi va amaliyotini bilish; Reklama shirkatlarini shakli va uslublarini; Biznes-reja ishlab chiqarish tartibi va savdo tijorati bitimini, shartnomalarni va kontraktlarini; Sotsiologiya, psixologiya va mehnat asosini; Ishga bo‘lgan munosabatni odob-axloq qoidalari, ishlab chiqarish texnologiyasi asosini; Boshqaruv tizimidagi korxonalar, muassalar, tashkilotlarning innovatsion va tuzum boshqaruvi, muassasa faoliyatini istiqbolini ko‘zda tutish; Ishchi-xodimlar sifati uslubini baholashni; Ish yurituvchi asosini; Zamonaviy texnika vositalaridan foydalangan holda ishlab chiqarish uslub ma'lumotlarini, kommunikatsiya va alokani, hisoblash texnikasini; Mehnat haqidagi qonunlar asosini; menejment sohasida xorijiy va ilg‘or malakaga ega bo‘lishi; mehnatni muhofaza etish qoidasi va me'yorini bilishi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3340201