logo

Veterinar

Kasb ta‘rifiVeterinar kasbining asosiy yo’nalishi — hayvonlarni davolash, biroq shu bilan bir qatorda kasb tavsifiga antropozoonozlar – inson kasalliklari bilan yaqin bo’lgan kasalliklar bilan kurashish. Qishloq xo’jaligida bu kabi mutaxassis hayvonlar ozuqasi tarkibidagi kimyoviy qo’shimchalarni nazorat qiladi, zero bunday ifloslangan ozuqa manbai yig’ilib turli xil kasallliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan bir qatorda vaterenar go’sht, sut va boshqa turdagi mol mahsulotlarini o’z nazorati ostiga oladi.
Kasb tarixi Veterenariya fan sifatida 19 asrnig boshlarida anatomiya, fiziologiya va shunga o’xshash yo’nalishlarda sezilarli yutuqlarga erishilgan vaqtda tashkil topgan. O’sha vaqtlarda veterenardan maslahatlar olish mumkin bo’lmaganligi tabiiy hol, hatto u vaqtlar bunday shifokor bo’lmagan ham — faqatgina yuz yillar o’tib hayvonlarga oddiy muolajalar ko’magida tibbiy yordam bera oladigan tabiblar paydo bo’la boshladi. Keyinchalik esa hayvonlarni davolash maqsadida yana jiddiyroq bo’lgan muolajalarni amalga oshira oladigan mohirlar paydo bo’la boshladilar. Hayvonlarni davolash haqida birinchi ma’lumotlar qadim grek va hind olimlari ishlarida yozib o’tilgan. “Veterinar”, “Veterenariya” tushunchalarini ilk bor Rim olimi Kalumella o’z ijod faoliyatida yozib qoldirgan. Biroq hayvonlarni davolash haqidagi ko’p ma’umotlar xurofot (irm-chirim), uydirmalarga asoslangan bo’lgan. Umuman olganda hayvonlarni davolash yo’nalishi rivojlanmagan holda bir maromda bo’lib kelgan. U vaqtlarda veterinar ichki sezgilariga asoslangan holda o’z maslahatlarini bera olgan. Veterinariya miditsinasining ilmiy asosi 18 asrlarda Yevropada, keyinchalik oliy o’quv yurtiga aylantirilgan veterinar o’quv muassasalarining ochilishiga borib taqaladi. Mazkur oliy o’quv yurtlarining kafedralarida hayvonlar anatomiyasi va fiziologiyasi haqidagi bilimlarni tizimlashtirishga ko’maklashuvchi maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borila boshladi. Shu bilan bir qatorda etnologiya, ichki potologiya, hayvonlar chalinishi mumkin bo’lgan kasalliklarni diagnostika qilishga ham katta e’tibor qaratilgan.
Faoliyat turlariVeterinar vrachi, veterinar feldsheri, chorvachilik mutaxassisi, zootexnik.
Ish joylariBu kasb egalari veterinar klinikalari va dorixonalarida mutaxassis lavozimida, chorvachilik mollari uchun ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tashkilotlarda, fermalar, zooparklarda, tsirkda va hayvonlar boqiladigan boshqa joylarda ishlashlari mumkin. Bundan tashqari, veterinarlar nazorat qiluvchi tashkilotlarda chorva-mollariga yetkazilib berilayotgan ozuqa mahsulotini nazoratchisi sifatida ham ishlashlari mumkin.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarVeterinar ishini o’rganishni istagan inson biologiya, zoologiya, fizika va matematika fanlarini yaxshi bilishi kerak. U hayvonlarning organizm tuzilishini, uni rivojlanishi va hayot faoliyatini bilishi kerak. Bundan tashqari hayvonlar organizmiga ta’sir ko’rsatuvchi biologik, fizik va ximik omillar haqida bilimlarga ega bo’lishi kerak. Kasallik kelib chiqish omillari, kasallik alomatlari, organizmda bo’layotgan o’zgarish jarayonini aniqlash, shuningdek, to’g’ri tashhis qo’ygan holda davolashning to’g’ri usullarini qo’llash orqali samarali davolashni bilishi kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3640101