Gidrolog

Kasb ta‘rifiGidrometrolog-yerni suv yuzasida o'rganish bo'yicha mutaxassis, tarqatish va unda sodir bo'layotgan jarayonlarni kuzatib borish uning vazifalariga kiradi.
Yunon tilidan hydor-suv va logos - o'qitish.
Gidrometrolog - gidrologiya bo'yicha mutaxassis.
Gidrologiya – yer, suv xususiyatlari va ularda keng sodir bo'layotgan jarayonlarni o'rganavchi fan.
Kasb tarixiGidrologiya fani dastlab fizika, geografiya, gidrotexnika, geologiya bo’limiga kirib, faqatgina XX asrga kelib ilmiy fan qatoriga kiritilgan.
Gidrologiya atamasi haqida ilk bor E.Melhiorning Frankfurtda chop etilgan kitobida yozilgan. Biroq, ilmiy Gidrologiya asoslari birmuncha ilgari Fransiya daryolarini suv balansini hisoblashda kiritilgan, fan sifatida uning zamonaviy ta’rifi 1915 yilda rus gidrologi Glushkov tomonidan qabul qilingan.
Birinchi gidrologik kuzatuvlarni odamlar qadim zamonlarda qilganlar. Ularga masalan qadimgi Misirning Nil daryosi tebranishi darajasini nilomer yordamida ilk gidrolagik kuzatuv o’tkazilgan.
Shu bilan bir qatorda fanning rivojlanishida qadimgi Misr, so’ngra qadimgi rimda paydo bo’ldi va tabiatda suvning kelib chiqish sabablarini bu soha vakillari tasavvur etishgan. Daryoning kelib chiqish tushunchasini birinchilardan bo’lib Leanardo Da Vinche (XVI asrnig boshlarida) asoslab berdi. Keyinchalik gidrologiya fanining rivojlanishida Dekart, Pyer Perro, Mariot, Galley tabiat hodisasini o’rganuvchi mashhur olimlar o’z hissalarini qoshishdi. 18-19 asrlarda suv harakati qonuni (Shezi,Darsi, Berrulliy ishlari) tushunchalarida gidravlika ham rivojlana boshladi.
Faoliyat turlariGidrologiya fani o’z ichiga bir qancha yo’nalishlarni olgan:
Quruqlik gidrologiyasi – daryo suv tartibini o’rganadi, konlarni, suv havzalari va boshqa suv obyektlarini, suv tarnovlari hisobi, suv resurslari va balansini aniqlash.
Bu yo’nalish mutaxasislari suv obyekti holatiga e’tibor beradi va insоnga ekologiya ta’sirini o’rganadi, gidrologik jarayonlarni havfini oshkor etib beradi, suv resurslari havzalarida ishtirok etadi.
Okeshunoslik- katta suv hajmlarini xarakteristikasini o’rganadi.
Gidrometriya- suv oqimlari, resurslari dinamikasini o’rganadi. Bu tartib-qoida amaliyotda juda katta ahamiyatga ega: ko’prik qurish rejalashtirilgan bo’lsa, shu bilan bir qatorda quvir yo’llari, suv osti yoki suv yaqinidagi joylarida gidrometrik islari albatta o’tkaziladi.
Gidrofizika - yer qobig’idan suvning chiqishi fizik hossalarini va jarayonlarni o’rganadi. Gidrofizika – dengiz fizikasi va suv quruqligi fizikasiga bo’linadi (daryo va ko’llar). Bu ilmiy tartib-qoida tabiat va insonga bo’lgan ta’sir jarayonlarini hisobga olganda iqlim o’zgarishiga bog’liq ob-hovoni aniqlashda yordam beradi.
Gidroximiya - suvning kimyoviy хususiyatlarini o’rganadi.
Gidrobiologiya - suvdagi biologik jarayonlarni va hayotdagi o’zgarishlarni ko’rsatib beradi.
Gidrogiologiya - yer osti suvlari harakati joylashishi, uning tarkibiy holatini va kelib chiqish sabaplarini o’rganadi.
Ish joylariIlmiy tekshirish institutlari, gidrografik xizmatlari loyiha tashkilotlarida.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarElektronika, fizika, metrologiya asoslari, okeanshunoslik, gidrometriya va o’zanlarni dinamika jarayonlarni va boshqa fanlarni yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri3441801

Oliy ta‘lim muassasalari

Kollejlar

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit