logo

Reklama bo‘yicha mutaxassis

Kasb ta‘rifiReklama bo‘yicha mutaxassis - axoli va tavsiya etilayotgan mahsulot o‘rtasidagi vositachi, ya'ni reklama agentligining yuzi hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki reklama agentining asosiy vazifasi mahsulotni iste'mol bozoriga kiritishi, mijozlarning sonini ortishi va mahsulot sotilishini tezlashtira olishi kerak. Reklama - iste'mol bozorida endigina paydo bo‘lgan tovarni iste'molchiga tanishtirib, sotilish jarayonini tezlashishiga xizmat qiladi. Iste'molchi mahsulotni ongli va ongsiz ravishda tanlashiga asosiy sabab - bu Reklama.
Kasb tarixi Reklama tushunchasi qanchalik olis tarixga borib taqalmasin, faqatgina XIX asr o‘rtalariga kelib matbuotda chop etiladigan darajaga yetib keladi. XIX asr oxirlari AQSH va XX asrning 30 yillariga kelib esa Fransiyada ilk reklama agentliklari faoliyat yurita boshlashdi. Reklama agentliklari faoliyati yildan-yilga rivojlanib kelmoqda.
Faoliyat turlariSavdo vakil, tijorat vakili, sug‘urta vakil, savdo sotiq vakili, ko‘chmas mulk vakili.
Ish joylariOAV: televidenie, radio, jurnal, gazeta. Reklama agentliklari, xususiy va davlat tashkilotlari.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar♦ Iste'molchi e'tiborini torta olishi; ♦ mahsulot haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni taqdim eta olishi; ♦ Mahsulotlar, xizmatlar va yangi takliflar bera olishi; ♦ Iste'molchiga mahsulot bilan yaqindan tanishish imkoniyatini yarata olishi; ♦ Iste'molchi ishonchini qozona olishi; ♦ tovarning mahsulot bozorida o‘z o‘rnini topishiga yordam bera olishi kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3201090