logo

Tibbiyot hamshirasi

Kasb ta‘rifiTibbiyot hamshirasi - shifokorning bevosita malakali yordamchisi hisoblanadi. Shifokor tomonidan belgilanga ko‘rsatmalarni bajarishi va shifokor bo‘lmaganda bemorlarga birinchi yordam, kerakli dorilarni bera olishi, bemorlarning hol-ahvolidan xabar olib turishi lozim. Bundan tashqari, tibbiyot hamshirasi bemorlarning haroratini o‘lchashi, turli in'yeksiyalar, vaqtida emlashi, massaj qila olishi, jarrohlik operatsiyalarda shifokorga yorda berishi va umumiy qilib aytganda bemorlarga har tomonlama yordam ko‘rsata olishi kerak.
Kasb tarixi Tarixda tibbiyot hamshiralarini “rahimdil” deb ham atashgan. Maxalliy epidemiyalarda, urush vaqtida jabrlanuvchilarga, bemorlarga kerakli tibbiy yordamni aynan tibbiy hamshiralar bera olishgan. Hamshiraning muloyim muomalasidan eng og‘riqli emlash jarayoni ham sezilarsiz darajada o‘tgan. Florens Naytingeyl hamshiralarning birinchi vakili sanalib, Qrimda 38ta doya va hamshiralardan iborat ilk “tez yordam” ni tashkillashtirgan. Bugungi kunga kelib 12 may Florens xonimning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab - xalqaro hamshiralar kuni nishonlanadi.
Faoliyat turlariDavolovchi hamshira tibbiyot asboblarni sterilizatsiya qiladi, tahlil uchun qon oladi, kerakli dorilarni tarqatadi va belgilangan emlasharni bemorlarga o‘z vaqtida qiladi. Mahalliy shifokori hamshirasi, asosan hujjatlar bilan ishlab, bemorlarni ko‘rishda yordam beradi. Jarrohlik hamshirasi esa operatsiya bo‘ladigan joyni tayyorlab, jarrohlik davomida anestezist vazifasini bajaradi. Tibbiyot hamshirasining asosiy vazifasi bemorlarga kerakli barcha tibbiy muolajalarni amalga oshirishdan iborat.
Ish joylariPoliklinika, shifoxona, dispanser, sanatoriyalar va tibbiyot markazlari.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarTibbiyot hamshirasi so‘nggi dori- darmonlar nomlanishi va qo‘llanmasini yaxshi bilishi, dezinfeksiya turlari, emlay olishi, muomala madaniyati, tibbiy va pedagogik psixologiya va tibbiy muolajalarni o‘zlashtirgan bo‘lishi lozim. Fizika, ximiya, anatomiya, botanika, biologiya fanlarini bilishlari kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3720601