logo

Kartografiya ishlari texnigi

Kasb ta‘rifiKartografiya so'zi Yunon tilidan kelib chiqqan bo’lib, («chartes» – varoq, qog`oz va «grapho» – yozish, ko’rsatish) ma’nosini anglatadi. Bu - geografik xarita va globuslarning foydalanish hamda yaratilish nazariyasi, amaliy, shuningdek, texnik yaratilish usullarini o`rganuvchi fan. Kartograf - qog'ozli va elektron xaritalar yaratish bo'yicha mutaxassis.
Kasb tarixi Birinchi qoyatosh surati shaklidagi xaritalar bronza asriga mansub (III-I milotdan avvalgi ming yillik). Geografik ixirolar davrida kartografiyaning o`rni ulkan cho'qqilarga yetdi. Qadimgi Bobil podsholigi davriga tegishli qoya-toshlarda qoldirilgan chizgilardan tortib, Yunoniston hamda Osiyo xaritalari-yu, buyuk jo’g’rofiy kashfiyotlardan bugungi kungacha qilingan buyuk ochilishlarni misol qilsak, inson xaritalarni yaratib, undan turar joyini aniqlashni osonlashtirishda foydalanib keladi. Ilk yaratilgan xaritalar yerga emas, aksincha osmonga tegishli bo`lgan. G`or qoyalarida topilgan nuqtalar Laskalar bo`lib, taxminan eramizdan avvalgi 16500 ga borib taqaladi. Ularda osmonning bir qismi, shular qatorida yorqin Vega, Deneb va Altair yulduzlar, shuningdek, yulduzlar jamlanmasi Pleyadani ko`rish mumkin. Ispaniyaning El-Kastilo g`ori qoyalarida Shimoliy Toj yulduzlar turkumi topilgan bo`lib, ushbu chizmalar, taxminan eramizdan avvalgi 12000 yillarga to`g`ri keladi.
Faoliyat turlariXaritalarnig tuzilishi va dizayni. Xaritlar tuzish uchun ma’lumotlar yig`ib borish Matematik kartografiya Raqamli kartografiya
Ish joylariIlmiy-tadqiqod kosmos institutlari,loyiha tuzish tashkilotlari, kartografik fabrika va tashkilotlar, qog''zli va elektron xaritalar ishlab chiqish, onlayn xaritalar ishlab chiqarish tashkilotlari.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalargeodeziya va topografiya ilmi topografik materiallar to'plash qobiliyati miqiyoslashtirish chizish qobiliyati qora siyox va vatmondan foydalanib, yig’ilgan ma’lumotlardan qo’l chizmasini yarata o`lish
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3540102