logo

Teatr liboslari san'ati rassomi

Kasb ta‘rifiLiboslar rassomi postanovkachi rassom (stenograf) boshqaradigan film yoki spektakl san’at guruhi tarkibiga kiradi. Barcha liboslar film yoki spektaklning umumtasviriy yechimlariga asoslanadi. Shuning uchun loyiha ustida ishlash sahna asarining stenariysini o’qishdan boshlanadi va har bir timsol birma-bir ishlab chiqiladi. Qahramon libosi uning qaysi kasb egasi ekanligini, ijtimoiy tabaqasi, yoshi, individualligini ochib beradi. Libosni yaratish – timsol yaratishning bir qismidir. Liboslar rassomi rejissor, postanovkachi-rassom, grimchi bilan birgalikda ishlaydilar. Shu bilan birga aktyorlar bilan ham ishlagan holda, har bir libos qahramon timsoliga mos kelishiga ko’maklashishi kerak.
Kasb tarixi Teatr san'ati qadim Yunonistonda vujudga kelgan. Teatr haqida birinchi eslatmalar e.av.534 yil bilan bog’liq. Teatr va umumsan’atning takomillashishi kasbning rivojlanishiga ta’sir ko’rsatgan. 18 asrlarda libos rassomlari uchun birinchi o’quv kurslari ochilgan. Rossiyada Yekaterina II podsholik davrida ushbu kasb egalarini chet eldan tez-tez taklif etib turganlar. Natijada Rossiya madaniyati chet elning boy tajribasiga ega bo’lgan. Yuz yil mobaynida teatr jahon miqyosida rivojlangani kabi, imperator oilasining sevimli tamoshasi bo’lgan Rossiyada ham takomillashdi. Inqilobdan so’ng Sovet hokimiyati ham regional teatrni shu kabi jadal rivojlantirgan. Hozirda kino industriyasi o’sib kelayotgan vaqtda liboslar rassomlari mutaxassislariga talab kattadir.
Faoliyat turlariTeatrning rassom-postanovkachisi, Qo’g’irchoq teatrida rassom-postanovkachi, Sahna liboslari rassomi.
Ish joylariLiboslar rassomi kinostudiyalarda, televideniya va teatrlarda ish faoliyat olib boradi.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarLiboslar rassomi chiza olishi, tikish texnologiyasini bilishi, libos tarixi, uslublar, libos yaratish texnologiyasini bilishi, matolarning hususiyatini farqlay olishi va ularga tasviriy ishlov berish vositalariga ega bo’lishi kerak. Haqiqiy liboslar san’ati rassomi o’z dunyo qarashini doim kengaytirib borishi, hozirgi va avvalgi ko’rgazmali donyoni bilib borishi, muzey va teatrlarga tashrif buyurishi hamda filmlar tamosha qilishi kerak. Bularning barchasi – yangi g’oyalar manbaasi hisoblanadi.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3210803