logo

Tovarshunos

Kasb ta‘rifiTavarshunos- turli mahsulotlarni (oziq-ovqat, dori-darmon, parfyum va kosmetika, ta'mirlash va bezash materiallari, va hokazo) sifatli yetkazish va sotish bo‘yicha mataxassis. Tovarshunosning asosiy ish faoliyatiga bir nechta soha faoliyatini qamrab oluvchi tadbirlarning barchasi kiradi. Bularga iqtisodiy rejalashtirish va transportda yuk tashishni tashkil etish, merchendayzing va eskpert bahosi kabi vazifalar. Sohaga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan hamkorlik yuritish, ya'ni tovarshunoslar qoidaga ko‘ra aniq bir jabhada faoliyat yuritishadi. Masalan, chakana savdolar boshida merchendayzing turadi, agar ish omborxonada bo‘lsa, tashkiliy-tarkibiy ishlar, agar iste'molchilar huquqi jamiyat himoyasi bo‘lsa unda ekspert va yuridik masalalar bo‘yicha sanaladi.
Kasb tarixi XX asrda raqobat kurashi oqibatida savdo sohasi misli ko‘rilmagan darajaga yetdi. Bu esa o‘z navbatida tashkilotlarni har qanday yo‘l bilan mijozlarni qalbiga yo‘l topishiga olib keldi. Bunda malakali mutaxassis-tovarshunoslar yaqindan yordam berishdi. Ular ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar bilan savdo korxonalari o‘rtasidagi aloqani ta'minlab turishdi. Oradan o‘tgan vaqt mobaynida tovarshunos mutaxassislari ajralib chiqdi: ulardan biri mahsulot sifatlari masalalari bo‘yicha bo‘lsa, boshqalari kirib kelayotgan mahsulotlarni hisobga oladi, uchinchisi yo‘q mahsulotlarni izlaydi.
Faoliyat turlariSifatli maxsulot bo‘yicha muxandis, marketolog, sotib olish bo‘yicha menedjer, provizor, logist.
Ish joylari• Savdo tashkilotlari; • Omborxonalar; • Turli mashtabdagi savdo nuxtalari (do'kon, supermarketlar) • Bojxona tekshirish organlari • Iste'molchilarning manfaatlarini muhofaza qilish jamiyati
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarNormativ hujjatlar bilimi; Tashkil etish va saqlash ishini qo‘llab-quvvatlash qobiliyati, kompyuter bilimi, S1 dasturi; Ish yuzasidan muloqat va muzokaralar olib borish Zaruratga kora xorijiy tillar bilimi Iste'molchilar talabini o‘ziga xos jihatlarini tushunish qobiliyati
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3340302