logo

Oshpaz

Kasb ta‘rifiOshpaz - bu taom tayyorlash bo‘yicha mutaxassis sanaladi. Yaxshi oshpazlarni sehrgar deb ham yuritishadi. Chunki ular oddiy masalliqdan insonlarga xursandchilik va zavq bag‘ishlay oladigan durdona asar yarata oladilar. Oshpazlar maxsus retsept asosida taom tayyorlaydilar, lekin o‘zlarini didlari bilan san'at darajasida maromiga yetkazish xususiyatiga ega.
Kasb tarixi Oshpazlar kasbi madaniyat davri bilan birga rivojlangani uchun uni azaliy kasb turi deyishimiz mumkin. Ibtidoiy odamlar olovda go‘sht pishirishni o‘rgangandan so‘ng ular tez orada qabiladoshlaridan kimning fili mazali, totliroq chiqishini aniqlashgan va shundan keyin bu muhim vazifani faqat unga topshirishgan. Shunday qilib, birinchi bosh oshpaz paydo bo‘lgan. Keyinchalik bu kasb boy va mansabdor insonlar uchun taomlarni tayyorlash xizmatini ko‘rsatish sifatida mujassamlashgan, natijada faqatgina restoran biznesini rivojlanishi bilan ommalashgan.
Faoliyat turlariNovvoy, barmen.
Ish joylariTalabalar o'zlarini olgan bilim va ko'nikmalarini oshirishda kafe, restoran, barlar va shahar oshxonalarida tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo'lishadi. Ko'pchilik amaliyot davrida ko'ngiliga yoqqan ishni topa olishadi. Oshpaz ishi juda talabgir va mustaqil daromad olish imkoniyati doim mavjud. Bundan tashqari, mansab pillapoyasiga ko'tarilishi yordamchi oshpazdan bosh oshpazgacha bo'lgan jarayon — obro'-e'tiborli oshxonalarda ishlash ko'zda tutilgan. Bosh oshpazga bo'lgan talab doimiy yuqori ko'rsatkichda bo'lgan. Bunday oshpazlar obro'li restoranlarda ishlashadi, hattoki boshqa mamlakatlardan ularga ish taklifi tushadi. Eng yaxshi oshpazda o'zining shaxsiy kafesi, bar yoki restoranini ochish imkoniyati mavjud.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarOshpaz taom tarkibi, uning ozuqaviy quvvati, mahsulotlarni saqlash, taomlanish fiziologiyasi, taomnoma ro‘yxatini tuzish qoidalari, taom tayyorlash texnologiyasi va uskunalarni ishlatishni bilishi lozim. Taomni chiroyli did bilan bezatgan holda taqdim etish kerak, har bir taom noyob, betakror natyurmort sifatida bo‘lishi lozim. Ba'zida restoranlarda iqtisodiyi bilim talab qilinadi: • hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish • hisob-kitob va narx-navolar • Kassa apparatlari bilan murojaat qilishni bilish Nima va qanday ketma-ketlikda odatda qo‘llanilishi: • salat va gazaklar • sho‘rvalar • qayla • ikkinchi taomlar • shirinliklar.
Mutaxassislik yo‘nalishning shifri 3811702