logo
Asosiy
Ta‘lim muassasalari
Mutaxassisliklar katalogi
Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo‘yicha murabbiy

Jismoniy tarbiya va bolalar sporti bo‘yicha murabbiy

Kasb tavsifiOmmаviy sport va jismoniy sog‘lomlashtirish ishlarini barcha toifadagi aholi bilan olib boradi. Jismoniy madaniyat mashqlarini maktab o‘quvchilari, gimnaziya, litseylarda va oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida dars o‘tqazadilar. O‘quv rejasini ishlab chiqib, ularni bajarishni ta'minlaydi. Sport o‘yinlarini bajarilishini ko‘rsatib, qoidalarini tushuntirib beradi. Samarali ish uslublaridan foydalanadi. Mashg‘ulotlarni havfsizligini ta'minlaydi va sanitar-gigiyena me'yorlariga rioya qildiradi. Ommviy sport tadbirlarini olib boradi. Normativlar topshirishni tashkil qiladi. Musobaqalarda qatnashishlari uchun guruhlar mashg‘ulotini olib boradi.
Kasb tarixi Barcha turdagi o'quv yurtlari, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari, muassasalar va boshqalar uchun jismoniy tarbiya o'qituvchilari va murabbiy-o'qituvchilarni (sport turlari bo'yicha) tayyorlash tizimi, pedagogik ta'lim sohasi. U 19-asrning birinchi yarmida, g'arbiy Evropaning bir qator mamlakatlarida (Daniya, Shvetsiya, Frantsiya, Germaniya va boshqalar) gimnastika o'qituvchilarini tayyorlash uchun birinchi o'quv muassasalari paydo bo'lganida (jismoniy mashqlar tizimi, sog'liqni saqlash va har tomonlama jismoniy rivojlanish uchun ishlatiladigan metodik usullar) paydo bo'ldi. Oliy va o'rta maxsus ta'limning mustaqil tarmog'i sifatida u 20-asrning 1-choragida rivojlandi.
Faoliyat turlariBarcha ta'lim muassasalarida pedagogik va mashg‘ulot olib borish jarayonlarida , korxona va terma jamoalarda faoliyat yuritadi.
Ish joylariO'rta umumta'lim va o'quv yurtlari, ixtisoslashtirilgan maktablar, sport majmualar, fitnes-markazlar.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarJismoniy madaniyat rivojlanishini,jismoniy sog‘lomlashtirishni shakllantirishi, tarbiyaviy ishlarni olib borishni, pedagogika va psixologiya asoslarini, texnik havfsizlik qoidalarini, sanitar-gigiyena me'yorini bilishi zarur. Oliy o‘quv yurtlarida ishlashi uchun puxta nazariy tayyorgarligi, harakatlarni texnika va metodikasini bilishi kerak.
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri 3141603

Kollejlar