- Muassasalar17925
- Fanlar akademiyasi37
- Oliy ta’lim muassasalari118
- Kollejlar1386
- Litseylar123
- Maktablar9728
- Respublika maktablari9
- Maxsus maktablar0
- Musiqa-san’at maktablari319
- Sport maktablari244
- Futbol maktablari30
- Sanatoriya maktablari21
- “Barkamol avlod” markazlari211
- Mehribonlik uylari24
- Nodavlat maktablari31
- Malaka oshirish institutlari2
- Bog‘chalar4915
- “Kamolot” tashkilotlari233
- Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim0
- Chet el ta’lim muassasalari0
- Muzeylar0
- Chet el OTMlari0
Buxgalter
Kasb tavsifi | Nemis tilidan «Buch» - kitob, «Halter» - ushlovchi, ya'ni buxgalteriya sohasidagi mutaxassis deganidir. Bu - qonunlar majmuiga ko’ra hisob-kitob tizimida ishlovchi mutaxassisdir. Uning vazifalariga o’z vaqtida soliqlarni to’g’ri to’lash, davlat organlari va xususiy tashkilot egalari bilan hisob-kitob qilish, tashkilotning moliyaviy holatini nazorat qilishdan iboratdir. Xalqaro buxgalterlar uyushmasi standartlariga ko’ra bosh buxgalter, auditor, moliyaviy direktor va moliya konsultantini “professional buxgalterlar” sanaladi. Tashkilotlarda bu kasb egalari kassa, asosiy vositalar, valyuta opersiyasi, maosh hisob-kitobi, ombor ishlari bilan shug’ullanishadi. Kichik korxonalarda buxgalter barcha narsa uchun javobgar bo’lishi mumkin. Buxgarterning bajarayotgan ishlari korxona boshlig’i va Moliya Vazirligi ҳamda Soliq Qo’mitasi qonun va farmoyishlari asosida tekshirib boriladi. |
---|---|
Kasb tarixi | Ilk buxgalteriya hisoboti qiyoslari 7000 yilga borib taqaladi va ilk hisobot qoldiqlari qadimgi Vavilon hamda Assiriyadan topilgan. U vaqtlar odamlar don xo’jalik madaniyati va podalarni yozib olish uchun oddiy buxgalteriya usullaridan foydalanishgan. Odamlarda ortiqcha loy idishlari va turli xildagi xo’jalik mollari paydo bo’lishni boshlanganidan keyingina boylik nimaligini tushunib yetishgan. Bor mol-mulkni hisoblash uchun qadimgi buxgalterlar kichik loyli pufakchalardan, nomli belgilardan foydalanishgan. Har bir shakl turli mahsulotni ko’rsatib bergan. Masalan, doira shaklidagi belgilar don va qo’ylarni ifodalagan. Mahsulotlarni oldi-sottisi ilk bor Shumer shahrida eramizdan avvalgi 3700 yil oldin qayt etilgan. Har bir oldi-sotti loy taxtachalariga yozib olingan. Bunday ma’lumotlar savodxonlik, puxtalik bilan kerakli adabiyotlarni va hisob kitoblarni o’rganayotgan odamlarda saqlangan. Savodxonlar moliyaviy hujjatlar bo’yicha javobgar hisoblanishgan. Ushbu hisobotlar pona shaklidagi eng qadimiy yozuv namunalari sanaladi. Shu sababdan bu belgilar yozuv va hisob-kitoblar uchun asosiy rag’bat hisoblangan. Qadimgi Yunonistonda hisob-kitob ishlari gipslangan taxtachalarda olib borilgan. Tanga ko’rinishidagi pullarning kelib chiqishi ham shu davrlarga borib taqaladi. Pul paydo bo’lishiga qadar tovar ayirboshlash bilan shug’ullanishgan. Bunda asosan, kumush, don va shunga o’xshash asosiy mahsulotlar bilan almashishgan. Yunon bank ishi pul almashtirish, qabul qilingan depozitlar va taqdim etilgan muddatli qarz foizlari bilan shug’ullangan. Qadimgi Dunyo tarixida Qadimgi Rim ko’plab sohalarda katta yutuqlarga erishgan eng kuchli asosiy imperiya bo’lgan. Rim o’zining texnik yutuqlari, yo’llari, marmardan qilingan inshootlari va akveduk suv quvurlari bilan mashxur. Bundan tashqari moliya ishlari, soliqlar, kelishuvlar, huquq tizimlari va byurokratik tizim hujjatlari (kodeks, jurnallar) ni o’zida aks etgan moliya va huquq tizimlari rivojlangan. Naqd pul, iste’mol predmetlari va kelishuvlar hisoboti bilan Rim armiya harbiylari shug’ullanishgan. |
Faoliyat turlari | Qardosh kasblar: - Iqtisod - Buxgalter hisob-kitobi, tahlil va audit iqtisodi - Soliq va soliqqa tortish iqtisodi - Moliya va kredit iqtisodi - Tashkilot va korxonalar iqtisodi |
Ish joylari | Buxgalter juda mashhur kasb hisoblanadi. Ular davlat tashkilotlarida ham, xususiy firmalarda ham ishlashlari mumkin. |
Mutaxassislikka qaratilgan malakalar | Buxgalterlik kasbini tanlamoqchi bo’lganlar quyidagi sifatlarga ega bo’lishi zarur:o’z ishiga javobgarlik, hamjihatlik, tartib, yuqori saviyali ishchanlik, mantiqiy xotiraning kuchliligi, diqqatni jamlay olish va shovqin-sironga chalg’imaslik, mavhumliklar ustidagi fikrlashi yuqori darajada bo’lishi va albatta, kompyuter bilimlarini chuqur egallash. |
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri | 3340901 |