logo

An'anaviy cholg'ular ijrochisi

Kasb tavsifiMusiqiy cholg‘u asboblar - musiqiy, musiqiy bo‘lmagan yoki uyushmagan tovushlar yordamida musiqiy asarlar yaratish uchun qo‘llaniladigan ashyolardir. Ayni vaqtda birnecha guruhlarga bo‘linadigan oddiy musiqiy cholg‘u asboblari mavjud. Ular torli, puflab chalinuvchi, tilchali va zarbli cholg‘u asboblar gurug‘i bo‘lib, har bir guruh cholg‘u asbobining tovushi o‘ziga xosdir. Shuningdek, klavishali musiqiy cholg‘u asboblarini ham alohida guruhga ajratish mumkin.
Kasb tarixi O‘zbekiston cholg‘u madaniyati juda boy va keng. Ilk musiqiy cholg‘u asboblarning kelib chiqishi qadim davrlarga borib taqaladi. Bularga O‘zbekiston hududida o‘tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasi isbotdir. Ilk milliy musiqiy cholg‘u asbobi o‘rnida yog‘ochli uzun puflama-nay tan olinib, O‘zbekiston hududida topilgan bu ashyo 3.5 yillik deb belgilangan. Qadimiy mamlakatlar markazi hududlarida topilgan musiqiy cholg‘u asboblar surati tushirilgan toshlar, yirik va mayda plastiklar, amaliy san'at buyumlari, devoriy qo‘lyozmalar orqali O‘rta Osiyoning musiqa madaniyati markazi qadimiy mamlakatlar Sug‘diyonadagi Maroqandada, Xorazmning o‘ng qirg‘og‘i hamda Baqtriya shahrida bo‘lganligini bilish mumkin. Afrasiyob xarobalaridagi qazilmalari sug‘dlarning sevimli cholg‘u asbobi ud va arfa bo‘lganligini isbotlaydi, shuningdek, puflama cholg‘u asboblarining turli xillari ham topilgan. XIV-XVII asr Sharq badiiy miniatyurasi hamda she'riyatidan O‘zbekiston hududida shu davrda bo‘lgan barcha musiqiy cholg‘u asboblar haqida umumiy ma'lumotga ega bo‘lish mumkin.
Faoliyat turlariMilliy musiqa cholg‘u asboblari 4 guruhga bo‘linadi: Idiofonlar - dunyo musiqiy cholg‘u asboblari sirasiga uchratilmaydi, ya'ni turmushda foydalaniladigan buyumlardan oddiy harakatlar yordamida tovush hosil qilinadi. Qoshiq YOg‘ochdan yasalgan ushbu cholg‘u asbobi tut, o‘rik, archa va yong‘oq daraxtlaridan yasaladi. Ko‘rinishidan bir juft qoshiq shaklida bo‘lib, bir-biriga urib chalinadi. Hozirgi kunda ushbu musiqiy cholg‘u asbobidan foydalanilmaydi. Qayroq Sayqallangan ikkita toshdan iborat to‘rlam metalldan yasalgan bo‘lishi ham mumkin. Likop Maishiy buyum, ya'ni osti tekis ishlangan likop chinnidan yasaladi. Musiqiy cholg‘u asbobi o‘rnida ikkita likopchadan foydalaniladi. Safoil Ikkita yog‘och tayoqchaga metall aylana qotiriladi va unga mayda temir aylanachalar tiziladi. Patnis Temirdan yasalgan aylana shaklidagi patnis, musiqiy cholg‘u asbob o‘rnida doira o‘rniga foydlaniladi. Lagan Lagandan ham patnisga o‘xshab doira o‘rnida foydalaniladi, aylana shaklidagi sopol lagan, emal bilan qoplangan. Zang Jez yoki misdan yasalgan shaqildoqli bilakuzular oyoq yoki qo‘lga taqiladi. Changqobuz Asbobning asosi va bo‘yinchasi temirdan, tilchasi esa po‘latdan yasalandi. Suyak changqobuz Hayvon qovurqalaridan yasalandi (asosan tuyanikidan). Membranofonlar, yoki pardalilar. Ushbu guruhga asosan, do‘mbira (bir taraflama - qubbali, romli, qozon ko‘rinishida; ikki taraflama - silindrsimon, konussimon, chelaksimon, ya'ni qumsoat ko‘rinishida). Kush (kosh) nog‘ora Qizitilgan loydan tayyorlanib, har-xil o‘lchamdagi ko‘zachalar ko‘rinishida bo‘ladi. Quyi ochiq chismi membrana bilan qoplanadi. Jarchilar qirol farmonlarini eshittirishdan oldin nog‘orada chalishgan. Odatda, jarchilarni tanlayotganda ovozi kuchli va baland baqira oluvchilarni tanlashgan. Shuningdek, jarchilar bilan birga karnaychilar ham chiqishgan. Rez nog‘ora Ikkiyoqlama do‘mbira rez nog‘ora deb nomlanib, mumbranasi charmdan, atroflari esa yog‘ochdan yasalgan. Doira Shubhasiz, o‘zbeklarning sevimli musiqiy cholg‘u asbobi doiradir. Bir tarafi yog‘ochdan yasalib, aylana diametri ellik santimetrgacha bo‘ladi, membranasi dag‘al charmdan yasalib, teskari tarafiga oltmushta metall aylanachalar qotiriladi. Musiqasi tarang tortilgan charm ustiga barmoqlari bilan urgan holda musiqiy asarlar, raqs va ansamblga usul berib turadi. Xordofonlar - ushbu torli cholg‘ularda ohang chertish (barmoqlar yoki plektr yordamida), kamoncha yoki bolg‘acha orqali hosil qilinadi. Sitra, lira hamda arfa kabilarga bo‘linadi. Qonun Asosi yog‘ochdan yasalgan qanotsimon shakldagi musiqiy cholg‘u asbob.Instrument krыlovidnoy formы s derevyannыm korpusom. 42 po‘lat torli ushbu cholg‘u asbobidan ko‘rsatkich barmoqqa metallik moslama kiygan holda ohang hosil qilinadi. Chang Trapetsiyasimon shaklli, yog‘och asosli cholg‘u asbob, 42 ta metallik torga ega. Chang torlariga qamishdan yoki bambukdan yasalgan tayoqchalar yordamida zarba berib chalinadi. Qashqar rubobi Rubob (arab tilidan) - kamonchali torli musiqiy cholg‘u asbobi. YOg‘och asosli ushbe asbob oval yoki yumaloq shalga ega, qopqog‘i charmdan, shoyi yoxud metallik torli, torlari, odatda kvarta bo‘yicha sozlangan bo‘ladi. Eng keng tarqalgan ruboblar uzunligi 800-1000 mm bo‘lib, ohang plent yordamida hosil qilinadi. O‘zbek orkestrida rubobning uch xili ishtirok etadi: prima, alt va tenor. Rubob - O‘rta Osiyo xalqlarida keng tarqalgan musiqiy cholg‘u asbobi bo‘lib, ushbu asbobda Sharqiy Afrika, shuningdek, janubiy Ispaniyada ham foydalaniladi. Yevropaga rubob XII asrda kirib kelgan bo‘lib, rebek nomi bilan mashhur. Turkiyada rubob uch torli. Afg‘on rubobi (rebob) Ikki torli kamonchali cholg‘u asbob. Asosi uchburchaksimon shaklda ikki yoni o‘roq shakldagi o‘yiqli. Rezonatori charm membrana bilan tortilgan. Ikki juft hamda bir juft torga ega. “Afg‘on rubobi” nomi kelib chiqish vataniga ko‘ra emas, uning g‘am va qayg‘u tovushiga ko‘ra nomlangan. ("afg‘on" - "qayg‘u" deb tarjima qilinadi). Ud Dag‘al yirik rezonatorli ingichka qopqoq bilan berkitilgan, kichik yoriqli va bo‘yinchali grifli musiqiy cholg‘u asbobi. Mizrob yordamida ohang hosil qilinadi. Sharqda VIII-X asrlarda zamonaviy ko‘rinishi keng tarqalgan bo‘lib, cholg‘u asboblar qiroli sanaladi. Tanbur Noksimon rezonatorli cholg‘u asbobi. Uchta (kamdan-kam hollarda to‘rtta) torli bo‘lib, ohang noxun yordamida (metallik mediator) hosil qilinadi. Tanbur cholg‘u asbobi Xivaga Buxorodan kirib kelgan degan fikr ham mavjud. Professional musiqachilar o‘rtasida Tanbur eng mashhur cholg‘u asbobi hisoblanadi. Bolshoye vnimaniye udelyayetsya takje vneshnemu oformleniyu Sato Sato (“tanbur” deb ham nomlanadi) - qadimgi sharq torli-kamonchali cholg‘u asbobi bo‘lib, yakkaxon ijroda ham, ansamblda ham birday chalish mumkin. Ushbu cholg‘u asbobi ming yillik tarixga ega bo‘lib, tanburda kamoncha orqali chalish O‘rta Osiyoga IX-X asrda kirib kelgan. XX asrga kelib bu cholg‘u asbobi tarixga aylanib, undan hech kim foydalanmay qo‘ygan, biroq 1937 yil usta Usmon Zufarov tarixni tiklab, “sato” ga yangicha ko‘rinish baxsh etgan. Ko‘rinishi va torlari bo‘yicha tanburga o‘xshash ushbu cholg‘u asbobda kamoncha orqali ohang hosil qilinadi. G‘idjak Griflangan g‘uppa ishlangan rezonatorli cholg‘u asbobiga charm membrana tortilgan. To‘rtta torga ega bo‘lib, ohang kamoncha yordamida hosil qilinadi. Dutor Dutor so‘zi “ikki tor” ma'nosini anglatadi. Dutor Markaziy va Janubiy Osiyoning ikki torli chetib chalinadigan cholg‘u asbobi. Odatda, 1 metrdan dan 2 metrgacha uzunlikda, noksimon rezonatorli bo‘ladi. Taxminan XV asrda cho‘ponlar o‘rtasida paydo bo‘lgan. Dutor o‘zbek xalqining uzoq yillik ajralmas qismidir. Do‘mbira Noksimon rezonatorli va ikki torli kalta bo‘yinchali cholg‘u asbobi. Ohang o‘ng qo‘ldagi barmoqlar yordamida hosil qilinadi. AEROFONlar -puflab chalinuvchi cholg‘u asboblar; naysimon, misdan qilingan va tilchali cholg‘u asboblariga bo‘linadi. Qo‘shnay (“ko‘sh” - ikkitali va nay - sibizg‘a). Ikkita bir xil uzunlikdagi qamishdan yasalgan trubkachalardan (taxminan 250 mm) tashkil topgan bo‘lib, ustki uchlarida kesilgan alohida tilchalari bor, pastki uchlarida 7 tadan yoriqchalari mavjud. Tovushlar qatorida kesilgan bittali tilchalari (puflash jarayonida xromatik tovushlar orqali ikkinchi oktavagacha yetadi) mavjud. Tovushi kuchli. Bulamon Silindrsimon shaklga ega. Asosi o‘rik va tut daraxtlaridan yaxlit holda kesiladi. Silindrning yuqori qismiga qamishdan yasalgan tilchali kesilgan trubochka qo‘yiladi. Qo‘l sozi (garmon) Cholg‘u asbobining ikki yon asosi yog‘ochdan yasaladi va cholg‘u asbobining barcha detallari mahkamlanadi: mex, ohang qismlari hamda klavisha mexanizmi. Cholg‘u asbobdagi tovushlar mexni bosish yoki qo‘yib yuborish orqali hosil qilinadi. Gajir nay (cho‘pon nay) Cholg‘u asbobning markazi tog‘ burguti qanotining trubasimon suyaklaridan (gajirdan) yasaladi. Shuvildoq (shuvilloq, shivildoq) Qizdirilmagan loydan yasalib, Ko‘pincha qushcha ko‘rinishida va kamdan-kam hollarda trubochka ko‘rinishida bo‘ladi. Nay Nay - o‘zbek puflab chalinuvchi cholg‘u asbobi. Asosan uni yasashda bambuk yog‘ochi, shuningdek, tunuka va jezdan foydalaniladi. Oltitta ohang tuynukli ko‘ndalang nay teshikchalarini oldinma-ketin yopib puflagan holda tovushlarning xromatik o‘zgarishiga ega bo‘lish mumkin. Nay yakkaxon ijrodan qo‘llanilgani kabi ansambl va orkestda ham ishtirok etadi. Choor Bo‘ylama ochiq sivizg‘a. Soyabonsimon o‘simlik yoki daraxt bo‘lagiga ishlov berib yasaladi. Tashqi tarafdan ingichka ichak (puxta ishlov uchun) tortiladi. XX asrga kelib bo‘ylama nay shahar turmush hayotidan chiqib ketib, ko‘ndalang nayga joy bergan. Surnay Surnay - asosi uzun ishlangan o‘zbek milliy puflama cholg‘u asbobi. Uning uzunligi taxminan 450-550 mm bo‘lib, yuqori ingichka qismiga kichkina yog‘och trubochka (ichidan ingichka metallik trubka o‘tgan) qo‘yiladi. Ushbu kichik metallik trubochka bambuk plastinalaridan tayyorlanib, atroflari metallik aylanacha bilan o‘ralgan. Metallik truba ostidan kichik plastinkasi sadat deb nomlanadi. Musiqachilar uni lablariga qattiq bosgan holda ohang taratadilar. Kuchli va kamyob tovushi sababli turli milliy ansambl, to‘y va marosimlarda keng foydalaniladi. Uning boshqa milliy cholg‘u asboblardan alohida jihati shundaki, u uzilmas legatoni ijro qila oladi. Ijro metodari o‘z ichiga melismathics va keng qo‘llaniluvchi yuqori intervallarga keskin sakrashli forschlagslarni oladi. Karnay Cholg‘u asbobi uzun silindrsimon ko‘rinishga ega bo‘lib, mis va jezdan yasaladi. Dilli-tyuyduq Ikkita bir-biriga parallel ulangan tilchali cholg‘u asbobi. Bu turkman cho‘ponlarining cholg‘u asbobi. Uning Xivaga kirib kelishi uzoq tarix bilan bog‘liq.
Mutaxassislikka qaratilgan malakalarEshitish qobiliyati. Kuchli, o‘zgarishlarga boy va chiroyli tovush. Artististik qobiliyat. Jo‘r bo‘lish sezgisi. Musiqiy xotira. Sabr. Intiluvchanlik. Kuchli tasavvur. Ijodiy qobiliyat (improvizatsiyaga moyillik, tez moslashuvchan tafakkur). Kuchli iroda. Jo‘shqinlik. Chiqishimlilik. Ichki sezgi. G‘ayrat. Faollik. Uddaburonlik.
Mutaxassislik yo‘nalishining shifri 3210706

Kollejlar